Tumandagi 12-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash hamda muassasaning moddiy-texnik holatini yaxshilash maqsadida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Xususan, tashkilotning atrof devori xomiylik mablag‘lari hisobidan to‘liq yangilandi. Ushbu ishlar natijasida muassasa hududi yanada mustahkam, tartibli va estetik ko‘rinishga keltirildi.
Mazkur ishlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, shuningdek, ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich yangilash va obodonlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida amalga oshirildi.
Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan hududdagi ta’lim muassasalarida shunday bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Ta’lim sohasiga ko‘rsatilayotgan xomiylik yordamlari kelajak avlod ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan ezgu tashabbusdir.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish
Hozircha izohlar yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!