Toshloq tumani 27-DMTTda 2026-yil 22-yanvar kuni tashkilot tarbiyalanuvchilari o'rtasida "Men raqsni sevaman" ko'rik tanlovi o'tkazildi. Ishtirokchilar turli naminatsiyalar bo'yicha g'olib deb topildi. Tanlovni odilona tashkillash maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi sho'ba mudiri R.Akbarova, tuman Musiqa va san'at maktabi mutaxassis xodimi, 10-umumiy o'rta ta'lim maktabi ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari taklif etildi. Ishtirokchilar "Faxriy yorliq" va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.