Toshloq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan Informatika va Axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun raqamli kompetensiyani oshirishga qaratilgan amaliy onlayn seminar o‘tkazildi.
Tadbir davomida:
O‘qituvchilarning malaka toifalari tahlil qilindi. Robocontest, Yandex Contest, Google Colab, GitHub kabi platformalar bilan tanishtirilib, amaliy ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
O‘qituvchilarga Python dasturlash tili bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv kontentlar https://python.sariq.dev , https://www.youtube.com/@BotirZiyatov , https://www.w3schools.com , https://www.sololearn.com , https://uzbekdevs.uz taklif qilindi.
IT Park, IT-shaharcha va CO-HUB o‘quv markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, “Raqamli avlod qizlari” tanlovi tuman bosqichi tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
Ma’ruzachilar va muhokamaga chiqqanlar 4-, 12-, 13-, 25- va 50-maktab informatika va AT fani o‘qituvchilari hamda AKTni joriy etish va raqamlashtirish bo'yicha metodisti Shavkatjon Umarov Nabijonovich. Tadbir informatika fanini zamonaviy yondashuvlar asosida o‘qitish, o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini oshirish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etishga qaratildi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish
Hozircha izohlar yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!