“Raqamli avlod qizlari” tanlovining tuman bosqichi yakunlanib, g‘olib bo‘lgan iqtidorli ishtirokchilar tantanali tarzda taqdirlandilar.

Tadbirda Toshloq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Abdumajid Soliyev hamda MMTB AKT mutaxassisi Shavkatjon Umarov ishtirok etib, g‘oliblarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Ushbu tanlov raqamli texnologiyalar sohasida faol, iste’dodli va tashabbuskor qizlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh avlodni zamonaviy raqamli ko‘nikmalarga yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etish jarayonida ijodkorlik, yangilikka intilish va zamonaviy fikrlash qobiliyatlarini namoyish etdilar.

G‘oliblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlanar ekan, tadbir yoshlarni ilm, texnologiya va innovatsiyalar sari intilishga undagan ilhom manbaiga aylandi.

#ToshloqTumanMTTB, #Axborotxizmati