Bugun Farg'ona viloyati Toshloq tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab ta’limi xodimlari va o‘quvchilari uchun “My.gov.uz hayotiy vaziyatlar uchun!” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.  

📌 Tadbirda:  

✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi vakili Mirzohidjon Nosirov  

✅ Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan Shavkatjon Umarov  

✅ Pedagog ustozlar, sohaga qiziqqan o‘quvchilar va soha xodimlari ishtirok etdi.  


       Seminarda nimalar bo‘ldi?  

🔹 My.gov.uz portalining imkoniyatlari yanada keng ochib berildi  

🔹 Davlat xizmatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi  

🔹 Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar  

💡 My.gov.uz – barcha uchun qulay va samarali!  

Siz ham davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning va vaqtingizni tejang! ⏳🔗  

📌 Portalni sinab ko‘rish 👉 (https://my.gov.uz)