📌 O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 15-maydagi “Hududlarda yoshlarga raqamli teхnologiyalar va хorijiy tillarni oʻrganish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (https://lex.uz/docs/-6927663)ga muvofiq har bir viloyatda 1 tadan “IT-shaharcha”larni tashkil etish belgilangan. 

💻 Bugun, 8-iyul kuni Fargʻona viloyati Toshloq tumanida tashkil etilgan “IT-shaharcha” majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

🏠 “IT-shaharcha” binosi 2 qavatli va 20 ta xonadan iborat bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 200 nafar yoshlarni o‘qitish imkoniyatiga ega.

Ushbu obyektda “Startap-Garage”, coworking zona, frilanserlar uchun joylar, konferens zal, shu jumladan, dasturlash, robototexnika, 3D garfika, Grafik dizayn, SMM hamda zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘rgatish markazlari mavjud.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/66976