Farg‘ona viloyati Toshloq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari bilan “Maktab ta’limi jarayonida informatika fani o‘qituvchisining o‘rni” mavzusida kengaytirilgan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- O‘quv kompyuter sinflaridan samarali foydalanish
- Maktab internet tarmog‘i va Mikrotikdan foydalanish
- emaktab.uz platformasini yuritish, ochiq darslar rejalashtirilishi
- Informatika ustozlarining malaka toifalari va xalqaro sertifikatlari (Google, Microsoft, Astrum, IC3)
- Qizlar IT savodxonligini oshirish (“qizlar.raqamliavlod.uz”)
- “UstozAI”, “ITStudy”, “uzbekcoders.uz”, “code.org” kabi loyihalarda ishtirok
Yig‘ilishda 63 nafar informatika o‘qituvchisi ishtirok etdi. Tadbirni Shavkatjon Umarov, Toshloq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi AKTni joriy etish va raqamlashtirish bo‘yicha metodisti tashkillashtirdi.
Ishtirokchilar: Bakirov Rasuljon (aloqa bo‘linma boshlig‘i) va Akmaljon Temirov (bosh ish yurituvchi).
#Toshloq, #seminar
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Izohlar (0)
Izoh qoldirish
Hozircha izohlar yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!